Huawei 1
G‘azo shimolida 200 ming falastinlik 14 kundan beri oziq-ovqatsiz qolgan

Isroil G‘azo shimolidagi falastinliklarga qarshi genotsid va etnik tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Mazkur hududda joylashgan Jabaliya qochqinlar lagerida 200 ming kishi 14 kundan beri oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmonlardan mahrumligicha qolmoqda.

Bu haqda G‘azodagi fuqarolik mudofaasi boshqarmasi matbuot kotibi Mahmud Basal ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Isroil armiyasi eksklav shimolidagi binolar, uylar va boshqa infratuzilmalarni bombardimon qilishda davom etmoqda.

Isroil armiyasining “quruqlik operatsiyasi” tufayli otishmada halok bo‘lgan o‘nlab falastinliklarning jasadlari hamon vayronalar ostida va yo‘l chetlarida qolmoqda.

2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning G‘azo sektorida amalga oshirgan genotsidi natijasida 42 438 kishi, jumladan, qariyb 12 ming ayol va 17 mingga yaqin bolalar halok bo‘lgan, yana 99 246 kishi jarohatlangan.

Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari vayron bo‘lgan binolar vayronalari ostida qolgan. Isroil armiyasi shifoxonalar, o‘quv binolari va boshqa muhim infratuzilmalarni nishonga olmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101911 | Инструменты