Huawei 1
Germaniya 2021-yildan beri ilk bor afg‘onlarni o‘z vataniga qaytardi

Germaniya 2021-yilda “Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni yana qo‘lga kiritganidan beri ilk bor afg‘on fuqarolarini o‘z vatanlariga deportatsiya qildi.

Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtraytning so‘zlariga ko‘ra, gap “Germaniyada qolish huquqiga ega bo‘lmagan” jinoyatchilar haqida ketmoqda.

“So‘nggi oylarda federal hukumat bunday hollarda qaytishni qayta tiklash uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda va bu sohada mas’ul federal shtatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda”, deb ta’kidladi Xebeshtrayt.
Berlin jarayonni osonlashtirish uchun asosiy mintaqaviy hamkorlar bilan ishlamoqda.

Der Spiegel nashriga ko‘ra, afg‘onlar Qatar Airways charter samolyotida Leyptsig aeroportidan chiqarib yuborilgan. AFP so‘roviga javoban Saksoniya IIV vakili samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan 07:00 da havoga ko‘tarilganini va Afg‘oniston poytaxti Kobulga taxminan soat 12:00 da qo‘nishi kerakligini aytgan.

Ma’lum bo‘lishicha deportatsiya Qatar ko‘magida amalga oshirilgan.

Deportatsiya qilinganlarning bir qismi bir kechada bir necha federal shtatlardan Leyptsigga olib kelingan. Aksiya Germaniya Ichki ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Har bir afg‘on fuqarosi jo‘nab ketishdan oldin 1000 yevrodan yordam puli olgan.

Shuningdek, Berlin noqonuniy migrantlarni qaytarish uchun uchinchi davlatlar bilan qo‘shimcha migratsiya shartnomalari tuzishni rejalashtirmoqda. Hujjatda Moldova, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Keniya va Filippin tilga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты