Huawei 1
Hindistonda “o‘g‘rilar uchun maktablar” ommalashmoqda

Hindiston provinsiyalarida noqonuniy ta’lim muassasalari ommalashib bormoqda.

"Kambag‘al oilalarning ota-onalari o‘smir farzandlarini tajribali jinoyatchilar badavlat to‘ylarda mehmonlardan o‘g‘irlik qilishga o‘rgatadigan “maktab”ga yuborish uchun katta mablag‘ jamg‘armoqda", deb yozadi South China Morning Post.

Nashrga ko‘ra, bu amaliyot Hindistonning markaziy qismidagi Madhya-Pradesh shtatidagi bir qancha qishloqlarda keng tarqalgan. Ota-onalar o‘z farzandlarini, odatda, 12-13 yoshda mahalliy jinoiy guruhlarga o‘rgatish uchun jo‘natadi, u yerda ularga cho‘ntak o‘g‘rilik, odamlar gavjum joylarda sumkalarni o‘marish, politsiyadan qochish, kaltaklanish va boshqa “mavzular”ga dosh berishga “o‘rgatiladi”. Shuningdek, bolalarga qimor o‘ynash va spirtli ichimliklarni sotish o‘qitiladi.

Bunday “maktab”larda “bilim olish” narxi 200-300 ming rupiy (2400-3600 AQSH dollari)ni tashkil qiladi, ammo “bitiruvchilar” daromadi bu miqdordan 5-6 baravar oshishi mumkin. Bundan tashqari, jinoiy guruhlar har yili ota-onalarga o‘z farzandlarining faoliyati uchun 300-500 ming rupiy (3600 dollar) miqdorida “to‘lov” to‘laydilar.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston bo‘ylab bunday maktablarning 300 dan ortiq “o‘quvchisi” to‘y o‘g‘irliklari bilan shug‘ullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91500 | Инструменты