Huawei 1
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi

Iroq bosh vaziri Muhammad As-Sudaniy razvedka xizmatlari tomonidan IShID yetakchisi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Abu Xadicha al-Iroqiy nomi bilan tanilgan Abdulloh Makkiy Muslih Ar-Rufoiy terrorchi guruhga qarshi kurashayotgan AQSh boshchiligidagi koalitsiya ko‘magida Iroq razvedka xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

Iroq bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Ar-Rufoiyi terrorchi guruh rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan. As-Sudaniy uni «eng xavfli jangari» deb atadi. Terrorchi Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatiga berilgan havo hujumida yo‘q qilingan.

2021 yil yanvarida Abu Yasir al-Isoviy iroqlik harbiylar tomonidan yo‘q qilinganidan so‘ng, Ar-Rufoiy IShID bo‘limiga rahbarlikni qo‘lga olgan. U yoshligida terrorchi tashkilotga qo‘shilgan, hibsga olingan va terrorchilikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq qochishga muvaffaq bo‘lgan va terrorchilik faoliyatini davom ettirgan.

O‘tgan yilning may oyida AQSh Markaziy qo‘mondonligi Suriyada IShID terrorchi guruhining yuqori martabali a’zosi Usoma Jamol Muhammad Ibrohim al-Janabiy o‘ldirilgani haqida xabar bergan edi. Oktabr oyida Iroq bosh vaziri mamlakat hududida «Iroq amiri» o‘ldirilganini e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31514 | Инструменты