Huawei 1
Isroil “Hizbulloh” va HAMAS yetakchilari o‘ldirilgach, navbat Eronga kelganini aytdi

Isroillik siyosatchi va parlament a’zosi “Isroil — bizning uyimiz” o‘ng qanot partiyasi rahbari Avigdor Liberman Livanning “Hizbulloh” harakati va Falastinning HAMAS harakati rahbarlarining yo‘q qilinishi fonida navbat Eronga kelganini ma’lum qildi.

“Biz ‘Hizbulloh’ yetakchisi Nasrullohga, HAMAS rahbari Sinvarga g‘amxo‘rlik qildik, endi ilonning boshi – Eronga g‘amxo‘rlik qilish vaqti keldi”, deb yozdi siyosatchi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Isroil mudofaa kuchlari Isroilga 2023-yil 7-oktyabrda qilingan hujumning asosiy tashkilotchisi hisoblangan Sinvar G‘azoda isroillik harbiylar tomonidan o‘ldirilganini rasman e’lon qildi. Harbiylarga ko‘ra, Sinvar 16-oktyabr kuni yo‘q qilingan.

HAMAS harakatining G‘azodagi tashqi aloqalar bo‘limi rahbari Bassem Naim ham guruh yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘limini tasdiqladi.

Sentyabr oyi oxirida Isroil havo kuchlari Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan “Hizbulloh” qarorgohiga bunkerli bombalarni tashlab Nasrullohni yo‘q qilgan.

1-oktyabr kuni Eron Isroilga tarixda ikkinchi marta yirik raketa zarbalari bergan. Isroil rahbariyati bu hujumga javob qaytarishga va’da bergan. Avvalroq CNN nashri Isroil hukumati Eronning mazkur raketa hujumiga javob choralari ko‘rish rejasini ishlab chiqishni yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101912 | Инструменты