Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirib, yana 10 nafar shaxs va 21 tashkilotni cheklovlar ro‘yxatiga qo‘shdi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Londonda Ukrainaga bag‘ishlangan sammitda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. Kanada bosh vazirining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, cheklovlar 10 nafar jismoniy shaxs va 21 ta yuridik shaxsga nisbatan joriy etiladi.
“Sammit davomida bosh vazir Rossiyaning Ukrainadagi harbiy va siyosiy maqsadlarini ilgari surishda boshqa tashkilotlar va davlatlarga qaramligini kamaytirish maqsadida harbiylashgan tashkilotlar va ularning rahbarlarini nishonga oluvchi yangi sanksiyalar e’lon qildi,” – deyiladi Kanada bosh vazirining rasmiy saytida berilgan bayonotda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha Kanada Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari bilan bog‘liq 3 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxsga sanksiyalar qo‘llagan. Yangilangan sanksiyalar ro‘yxati Kanada Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan.
2025-yil 24-fevral kuni Ottava Rossiyaning 44 ta yuridik shaxsiga, 33 nafar jismoniy shaxsiga hamda 109 ta kemasiga qarshi sanksiyalar joriy qilgan edi. Kanada hukumati ushbu kemalar sanksiyalangan mahsulotlarni tashishda qatnashgan deb hisoblaydi. Cheklovlarga duch kelgan jismoniy shaxslar orasida Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyov, mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Tsivilyeva, Primorskiy o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako va taniqli teleboshlovchi Vladimir Pozner ham bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты