Huawei 1
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi

«Karni qasamyod keltirdi va Kanadaning 24-bosh vaziriga aylandi», — deyiladi xabarda. U tez orada parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qilishi kutilmoqda.

Karni — kanadalik iqtisodchi, moliyachi va jamoat arbobi, Kanada va Britaniya Markaziy banklarining sobiq boshqaruvchisi. U 2025 yil 9 martdan beri hukmron Liberal partiya yetakchisi hisoblanadi. Bundan oldin Karni siyosiy lavozimlarni egallamagan va parlamentda faoliyat yuritmagan.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Karni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumatiga iqtisodiyotni qayta tiklash masalalarida maslahat berib kelgan. 2025 yil 16 yanvarda u Kanada Liberal partiyasi yetakchiligi uchun nomzodini qo‘yishini e’lon qilgandi: yanvar boshlarida partiya yetakchisi va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo iste’foga chiqishini e’lon qildi. Mart oyida o‘tkazilgan ichki saylovlar natijasiga ko‘ra, Karni 85,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Mark Karni qo‘shni davlat prezidenti Donald Tramp tomonidan importga 25 foizlik bojlar joriy etilishi va Amerika yetakchisining Kanada suverenitetiga da’volari fonida AQSh bilan savdoga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Yevropa va Osiyo bilan yaqin hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bundan tashqari, liberallarning yangi yetakchisi o‘rta sinf uchun soliqlarni pasaytirish, byurokratiyani qisqartirish, innovatsiyalar va investitsiyalarni faol rag‘batlantirishni o‘z ichiga olgan fundamental iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va’da bergan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31514 | Инструменты