Huawei 1
Kia yong‘in xavfi tufayli yarim millionga yaqin krossoverini qaytarib oladi

Kia Motors avtomobilning o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkinligi sababli AQSHdan 463 mingta Telluride krossoverini qaytarib olishini e’lon qildi.

Koreyalik ishlab chiqaruvchi tomonidan AQSH Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, yong‘inga avtomobilning elektr old o‘rindiqlari sabab bo‘lishi mumkin. Kuchli zarba natijasida o‘rindiq boshqaruv tugmalari siljib ketish xavfi mavjud, bu esa ularning qisilib qolishiga olib kelishi mumkin.

"Bunday holda o‘rindiqlar ostidagi kichik elektr motor uzluksiz ishlaydi va qizib ketadi, bu esa oxir-oqibat o‘rindiqlarning yonib ketishiga olib kelishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Telluride — Kia kompaniyasining Amerika bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan eng katta avtomobili. Qaytarib olish 2020-yildan hozirgi kungacha ishlab chiqarilgan avtomobillarga taalluqlidir. Taqdim etilgan hujjatlarda ishlab chiqaruvchi Telluride avtomobillarida elektr old o‘rindiqlarning nosozligi tufayli tutun paydo bo‘lishining bir qancha holatlaridan xabardor ekanligi aytilgan. Ushbu holatlarning hech biri avtohalokatga yoki haydovchilar yoki yo‘lovchilarga shikast yetkazmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga