Huawei 1
Litvadagi parlament saylovlarida sotsial-demokratlar yetakchilik qilmoqda

Litvada 13 oktyabr, yakshanba kuni yangi parlamentga saylovning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. NATOga a’zo Boltiqbo‘yi davlatidagi saylov uchastkalarining 91 foizida byulletenlarni qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Sotsial-demokratik partiya 20,7 foiz natija bilan yetakchilik qilmoqda, deb xabar qildi Vilnyusdagi saylov komissiyasi. Parlament saylovlarining oraliq natijalari mahalliy Delfi portali tomonidan ham e’lon qilingan.

Amaldagi bosh vazir Ingrida Shimonitening konservativ «Vatan ittifoqi» 16 foizdan sal ko‘proq ovoz bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rinda deyarli 15,9 foiz ovoz bilan o‘zining ochiq antisemit ritorikasi bilan tanilgan Remigijus Jyemaytaytisning «Zarya Nemunas» populist partiyasi turibdi. Litvada saylovlar tarixida birinchi marta bunday partiya parlamentdagi asosiy kuchlardan biriga aylanishi mumkin.

Delfi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda to‘rtinchi o‘rindagi «Litva uchun» demokratlar ittifoqini 9,3 foiz saylovchilarning qo‘llab-quvvatlagan, beshinchi o‘rinda deyarli 7,3 foiz ovoz bilan Litva dehqonlar va yashillar ittifoqi (LDYaI) turibdi. Saylovlarda 7,2 foizdan ko‘proq ovoz olgan Liberallar harakat ham 5 foizlik chegaradan o‘tdi.

Litva Seymiga saylovda saylovchilarning 52,06 foizi ovoz berishda ishtirok etdi — bu ko‘rsatkich avvalgi saylovlarda qayd etilganidan taxminan 5 foizga yuqori.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101413 | Инструменты