Huawei 1
Microsoft 2023-yilda Netflixni 190 mlrd dollarga sotib olmoqchi

Microsoft eng yirik onlayn kinoteatr Netflixni sotib olmoqchi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, bitim 190 milliard dollarga baholangan va 2023-yilda e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Agentlik xabariga ko'ra, ikkala kompaniya "allaqachon chambarchas bog'langan". Netflix yangi obuna xizmati uchun reklama hamkori sifatida Microsoftni tanladi va Microsoft prezidenti Bred Smit esa allaqachon Netflix direktorlar kengashida.

Shu bilan birga, biroz oldinroq Xbox bo'linmasi Game Pass tariflarining mavjud ro'yxatiga reklamani qo'llab-quvvatlaydigan yana bitta, eng arzon variantni qo'shish rejalari haqida ma'lum bo'ldi. Netflix ushbu modelni birinchi bo'lib joriy qildi.

Microsoft kompaniyasi bosh direktori Satya Nadella 2014 yilda texnologik kompaniyaga qo'shilganidan beri qimmat xaridlarni amalga oshirishni boshlagandi. Jumladan, Microsoft dastlab WhatsApp messenjeri 2014-yilda 19 milliard dollarga, Minecraft ishlab chiqaruvchisini 2,5 milliard dollarga, keyinchalik LinkedIn’ni 26 milliard dollarga va nutqni aniqlash bo‘yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Nuance’ni 20 milliard dollarga sotib olgandi. 

Avvalroq, AQSh hukumati Microsoft tomonidan World of Warcraft va Diablo o‘yinlari noshirini $68,7 mlrdga sotib olishiga qarshi chiqqani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122910 | Инструменты