Huawei 1
Misr tashqi ishlar vaziri 44 yil ichida ilk bor Eronga bordi

Misr tashqi ishlar vaziri Sameh Shoukri Qohira va Tehron oʻrtasidagi munosabatlar uzilganidan keyin ilk bor Islom Respublikasining marhum prezidenti Ibrohim Raisiy xotirasini hurmat qilish uchun Eronga bordi

Qayd etilishicha, ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1980-yilda, Eronda islom inqilobi davrida hokimiyatdan ag‘darilgan Shoh Pahlaviyga Qohira siyosiy boshpana berganidan so‘ng uzilgan.

Eron hukumati so‘zlovchisi Ali Bahodoriy Jahromiyning ta’kidlashicha, ayrim davlatlar rahbarlari Eronning marhum prezidenti bilan vidolashuv marosimida ishtirok etish uchun ilk bor Eronga tashrif buyurgan.

Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning Bell 212 vertolyoti 19-may kuni Julfa shahri yaqinida halokatga uchradi. Eron delegatsiyasi Ozarbayjondan qaytayotgan edi, u yerda Raisiy hamkasbi Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Ular vertolyotni 10 soatdan ortiq izlashdi. Qidiruvda turk va rossiyalik mutaxassislar ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga