Huawei 1
NASA astronavtlari XKSda 9 oy qolib ketganidan keyin Yerga qaytdi

Xalqaro kosmik stansiya (XKS)da koinotda to‘qqiz oydan ko‘proq vaqt o‘tkazgan NASA astronavtlari Barri «Butch» Uilmor va Suni Uilyams XKSdan 17 soatlik parvozdan so‘ng SpaceX'ning Crew Dragon kapsulasida 18 mart, seshanba kuni kechqurun Yerga qaytishdi. Kapsulaning atmosferadan o‘tishi, uning parashyutlarining ochilishi va Amerikaning Florida shtati qirg‘oqlariga yumshoq qo‘nishi haqidagi jonli efir Amerikaning bir qator kanallari tomonidan translatsiya qilingan va AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ham Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan.

Amerikalik astronavt Nik Xeyg va rossiyalik kosmonavt Aleksandr Gorbunovlarni ham o‘z ichiga olgan Crew-9 missiyasi ekipaji tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun NASA'ning Xyustondagi kosmik markaziga yetkaziladi. Gorbunov va Xeyg kosmosda 171 kun, Uilyams va Uilmor esa 286 kun bo‘lishdi.

Missiya siyosiy e’tibordan chetda qolmadi: Tramp bir necha bor astronavtlarni tezroq qaytishga chaqirgan va AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ularni siyosiy sabablarga ko‘ra XKSga «tashlab ketganini» da’vo qilgan.

SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirgandi

Amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Crew Dragon boshqariladigan kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga parvozini startdan bir soatdan kamroq vaqt oldin qoldirdi. 12 mart kechki paytga rejalashtirilgan parvoz yerusti kompleksining gidravlik tizimidagi muammo tufayli bekor qilingandi.

Crew Dragon ekipaji tarkibida rossiyalik kosmonavt Kirill Peskov, NASA astronavtlari Enn MakKleyn va Nikol Ayyers hamda JAXA astronavti Takuya Onishi bor. Bu jamoa XKSdagi oldingisining o‘rnini egallashi kerak.

Crew Dragon kosmik kemasiga ega Falcon-9 raketasi NASA'ning Florida shtati Kennedi koinot markazidagi 39A raketa maydonidan parvoz qilishi kerak edi. XKS Amerika segmentining Harmony moduliga ulanish 13 mart kuni soat 13:00 ga rejalashtirilgan edi. Parvozni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ekipaj bortda bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32000 | Инструменты