Huawei 1
NATO bosh kotibi Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi operatsiyasini qonuniy deb atadi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaning Kursk viloyatidagi harbiy operatsiyasi qonuniy ekanligini va Ukraina xalqaro huquqqa muvofiq o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanligini aytdi.

"Ukraina harbiylarining Rossiyaning Kursk viloyatiga kirishi qonuniydir. Bu Kiyevning o‘zini himoya qilish huquqiga kiradi. Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga ega. Xalqaro qonunlarga ko‘ra, bu huquq chegarada tugamaydi", - dedi u.

Stoltenbergning ta'kidlashicha, NATO Ukrainaning rejalari haqida oldindan xabardor qilinmagan va ularda hech qanday rol o'ynamagan.

NATO bosh kotibining ta'kidlashicha, Ukraina harbiy kampaniyasini qanday o‘tkazishni o‘zi hal qilishi kerak.

"Prezident Zelenskiy bu operatsiya chegara hududidagi hujumlarning oldini olish uchun bufer zona yaratishga qaratilganini aniq aytdi. Barcha harbiy amaliyotlar kabi bu ham xavf-xatarlarga to‘la. Lekin Ukraina o‘zini qanday himoya qilishni o‘zi hal qiladi", - deydi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты