Huawei 1
NATO bosh kotibi Zelenskiyning tinchlik rejasi yopiq eshiklar ortida muhokama qilinishi kerakligini aytdi

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tinchlik rejasini sharhlar ekan, Ukraina albatta Shimoliy Atlantika alyansiga aʼzo bo‘lishini aytdi. Biroq bu qachon amalga oshishini ma’lum qilmadi.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, NATO rejani “e’tiborga oldi” va uni yopiq eshiklar ortida muhokama qiladi.

“Ukraina fursat kelganda albatta alyansga qo‘shiladi”, dedi Rutte, biroq Ukrainaning NATOga qanday a’zo bo‘lishini aniq tasvirlab bera olmasligini qo‘shimcha qildi: “Men bu yo‘lni aniq tasvirlab bera olmayman”.

Uning eslatishicha, NATOga aʼzo davlatlar rahbarlari yil boshida bo‘lib o‘tgan sammitda Ukrainaning NATOga aʼzo bo‘lish yo‘li “ortga qaytmas” ekanini taʼkidlagan edi.

Zelenskiyning tinchlik rejasi haqida gapirar ekan, Ryutte NATO buni yopiq eshiklar ortida muhokama qilishini ta’kidladi. “Biz buni inobatga oldik”, dedi Ryutte va bu mavzu bo‘yicha boshqa izoh bermasligini aytdi.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, reja “ukrainaliklar nimani anglatishini tushunish uchun ular bilan muhokama qilinishi kerak bo‘lgan ko‘p jihatlarga ega”. 

Zelenskiy 16-oktyabr kuni Oliy Radaga tinchlik rejasini taqdim etdi. Rejaning birinchi bandi Ukrainaning NATOga qo‘shilishidan iborat. Zelenskiy bu ish yaqin orada ro‘y berishiga ishonch bildirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101716 | Инструменты