Netflix Amir Temur haqida film suratga oldi

Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyatdagi yo‘lini hikoya qiluvchi tarixiy drama – “Temur: So‘nggi g‘olibning yuksalishi” nomli filmni suratga olish ishlarini to‘liq yakunladi. Bu haqda filmning Instagram sahifasida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu asar buyuk sarkardaning shonli yuksalish tarixini aniqlik va o‘sha davr muhitiga alohida e’tibor bilan namoyon etadi.

“Biz mintaqaning eng muhim shaxslaridan biri hayotini aynan u yashagan va jang qilgan yerda aks ettirdik. Bu suratga olish jarayoni uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi”, deya izoh bergan film mualliflari.

Ma’lumot uchun, uning rejissyori Jeykob Shvars, ssenariy muallifi esa Metyu Grin. Amir Temur rolini amerikalik aktyor Kristian Mortensen, Amir Husaynni Mahesh Jadu, Temurning rafiqasi O‘ljoy rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan.Amir Temur (Kristian Mortensen)Amir Temur (Kristian Mortensen)

Amir Ҳuсайн (Mahesh Jadu)Amir Husayn (Mahesh Jadu)

O‘ljoy (Yulduz Rajabova)O‘ljoy (Yulduz Rajabova)

Loyihaga 2022 yil oxirida start berilgan. Tasvirga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. Hozirda film postprodakshn bosqichida. Uning premerasi joriy yil yozining oxirida bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты