Huawei 1
Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

Fransiya va Britaniya Rossiya va Ukraina o‘rtasida bir oylik qisman sulh tuzishni taklif qilmoqda. Fransiya davlati rahbari Emmanuel Makron 2 mart, yakshanba kuni Le Figaro gazetasiga intervyu berdi.

Makronning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish havo va dengiz zarbalari hamda energetika infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga qadar cho‘zilishi mumkin.

«O‘t ochishni to‘xtatish bo‘lsa, (u) frontda amalda ekani yoki yo‘qligini tekshirish juda qiyin bo‘ladi», deb ta’kidladi Emmanuel Makron va front chizig‘ining uzunligi Parijdan Budapeshtgacha bo‘lgan masofaga teng ekanligini qo‘shimcha qildi.

«Yaqin haftalarda Ukraina tuprog‘ida Yevropa qo‘shinlari bo‘lmaydi»

Makron Ukraina bo‘yicha Yevropa sammiti uchun Londonga uchib ketayotganda Le Figaro gazetasiga intervyu berdi. Sammitni Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tinchlik rejasini ishlab chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni ilgari surish uchun chaqirdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Fransiya-Britaniya taklifiga ko‘ra, Yevropa quruqlikdagi kuchlari Ukrainaga faqat ikkinchi bosqichda kiritiladi.

«Yaqin haftalarda Ukraina tuprog‘ida Yevropa qo‘shinlari bo‘lmaydi», — deya Makron so‘zlarini keltirgan Le Figaro. Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar ko‘p haftalar davom etishi mumkin, tinchlikparvar kontingent esa tinchlik bitimi imzolangandan keyin joylashtirilishi mumkin.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Makronning rejasi haqida gapirar ekan, u «hamma narsadan xabardorligini» aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты