Qahva isteʼmoli baʼzi insonlarda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, deb xabar bermoqda mutaxassislar. Ushbu holat ayniqsa mollyuskalar allergiyasiga ega bo‘lgan odamlarda kuzatiladi.
Londondagi umumiy amaliyot shifokori doktor Sarmed Mezherning so‘zlariga ko‘ra, qahva donalarini yig‘ish, qayta ishlash va maydalash jarayonida mahsulot tarkibiga kichik hasharotlar, jumladan, suvarak qismlari tushib qolishining to‘liq oldini olish imkoni yo‘q.
AQSH Oziq-ovqat va dori-darmonlarni nazorat qilish boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, yig‘ilgan qahva donalari xaltasining 10 foizi hasharot qoldiqlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatkich inson salomatligi uchun xavfli emas, ammo mollyuskalar allergiyasiga ega odamlarga maydalangan qahvadan voz kechish tavsiya etiladi. Sababi, ushbu hasharotlarda mavjud tropomiyozin oqsili ularda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Yengil allergik alomatlar qizil toshma, og‘izda qichishish, lablar, yuz yoki ko‘zlarda shish, qorin og‘rig‘i yoki qusishni o‘z ichiga oladi. Jiddiy holatlarda esa anafilaktik shok yuzaga kelishi mumkin.
“Qahva tarkibida hasharot qismlarining mavjudligi g‘alati tuyulishi mumkin, ammo bu darajalar inson salomatligi uchun xavf tug‘dirmaydi”, – deydi doktor Mezher.
Qahva ichimligi isteʼmolchilari ushbu maʼlumotlarni inobatga olishlari va o‘z salomatliklariga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11718 | Инструменты