Huawei 1
Qirg‘izistonda yangi banknota muomalaga kiritildi

Qirg‘izistonda 2024 yil 15 fevraldan boshlab 2023 yil namunasidagi milliy valyutaning yangi beshinchi seriyasidagi 20, 50 va 100 somlik banknota muomalaga kiritildi.

Respublika Milliy banki maʼlumotiga ko‘ra, yangi pulda sanʼat va madaniyat namoyandalari timsoli, mamlakatning diqqatga sazovor joylari tasviri, shuningdek asosiy rang va o‘lcham saqlab qolingan. Qalbakilashtirishdan ishonchli himoyani taʼminlovchi zamonaviy xavfsizlik unsurlari uch darajali majmuasiga murojaat qilingan.

Avvalgi barcha banknotalar Qirg‘iz Respublikasi hududida rasmiy to‘lov vositasi sifatida majburiy qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92403 | Инструменты