2025 yilda Rossiyada oziq-ovqat mahsulotlari yillik hisobda o‘rtacha 8-20 foizga qimmatlashishi mumkin, dedi Eksportchilar va importchilar uyushmasi vitse-prezidenti Artur Leyer. «Prognozlarga ko‘ra, sutning o‘rtacha narxi litri uchun 90 rublgacha oshishi mumkin, bu hozirgi qiymatdan 10-15 foizga yuqori: mol go‘shti — kilogramm uchun 700-800 rublgacha (o‘sish 12 foizga)», — deya 29 oktyabr, seshanba kuni ekspert so‘zlaridan iqtibos keltirgan «Praym» agentligi.
Leyer, shuningdek, import qilinadigan meva va sabzavotlarning tanqisligiga e’tibor qaratdi, bu esa ularning narxini 15-20 foizga oshishiga olib kelishi mumkin.
«Masalan, kartoshkaning o‘rtacha narxi kilogrammi uchun 40 rublgacha, pomidor esa 150 rublgacha oshishi mumkin», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat tomonidan mamlakatda inflatsiyani jilovlash, jumladan, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va ichki bozorda raqobatni yaratish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mahsulotlar narxining oshishi muqarrar.
RFda 2025 yilgi budjet loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi
Davlat dumasi 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan federal budjet loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda 24 oktyabr kuni Federal majlis quyi palatasi saytida ma’lum qilindi.
2025 yilda federal xarajatlar 41 trillion 469 milliard rublgacha oshadi. 2018 yildan buyon ularning hajmi 2,5 barobar oshdi – 16 trillion 713 milliard rubldan, dedi rais Vyacheslav Volodin.
2026 yilda tegishli ko‘rsatkich 44 trillion rublni, 2027 yilda 45,9 trillion rublni tashkil qiladi.
Milliy mudofaa uchun budjet mablag‘lari — ochiq va yopiq bandlar doirasida — 2025 yilda 13,49 trillion rublga yetadi, 2026 yilda 12,7 trillion rublga, 2027 yilda esa 13 trillion rublga yetishi kutilmoqda.
Armiya va xavfsizlik kuchlariga sarflanadigan xarajatlar budjetning 40 foizini tashkil etadi va ijtimoiy sohaga rejalashtirilgan mablag‘lardan (6,49 milliard) 2,5 barobar, sog‘liqni saqlashdan (1,86 milliard) esa 9 barobar ko‘p bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103020 | Инструменты