Huawei 1
“Tolibon” qizlar taʼlimiga oid savol berishni taqiqladi

“Tolibon” oliy ta’lim vaziri Neda Muhammad Nadim tegishli buyruq chiqqunga qadar qizlar ta‘limi haqida “so‘rash” taqiqlanganini aytdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Nadim “Tolibon” harakatning hech bir buyrug‘i shariatga zid emasligi, universitetlar va 6-sinfdan yuqori qizlar uchun maktablarning ochilishi bir necha hafta yoki oy ichida hal qilinmasligini ta’kidlagan. U qizlar ta’limi masalasi bo‘yicha diniy ulamolar izlanish olib borayotganini aytgan. Agar diniy ulamolar ijobiy xulosa bersa, qizlar uchun maktablar va universitetlar eshiklari ochiladi.

“Biz shariatga muvofiq ish qilmoqdamiz. Agar kimdir hanafiy fiqhiga asoslanib, qizlar ta’limi bo‘yicha bizga hujjatlarni taqdim etsa, bu masala hal bo‘lishiga aminman”, degan u.

Nadimning so’zlariga ko‘ra, agar diniy ulamolar o‘rganishlardan keyin maktab va universitetlarni ochishga ruxsat bermasa, qizlar ta’limdan mahrum bo’lishi davom etadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgandan so‘ng, 6-sinfdan yuqori qizlar uchun maktablar va universitetlar eshiklari yopildi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91318 | Инструменты