Huawei 1
Ukraina Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olishga chaqirdi

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Mongoliya rasmiylarini Xalqaro jinoiy sud (XJS) buyrug‘ini bajarishga va 3-sentyabr kuni ushbu mamlakatga tashrif buyurishni rejalashtirgan Vladimir Putinni hibsga olishga chaqirdi.

Vazirlik bayonotida Ukraina tomoni Putinning harbiy jinoyatchi ekanligini taʼkidlab, Rim statutini ratifikatsiya qilgan Mongoliya hukumati “bu haqiqatdan xabardor bo‘lishiga” umid bildirgan.

“Ukrainalik bolalarning ko‘chirilishi Putin va Rossiyaning qolgan harbiy-siyosiy rahbariyatini javobgarlikka tortishi kerak bo‘lgan ko‘plab jinoyatlardan biridir. Bu shaxslar Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush, ukrainlarga qarshi vahshiylik, qotillik, zo‘rlash, talonchilik, fuqarolik infratuzilmasini o‘qqa tutish va genotsidda aybdordir”, deyiladi TIV bayonotida.

Shuningdek, vazirlik majburiy xalqaro hibsga olish orderini amalga oshirish va Putinni Gaaga sudiga topshirishga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91423 | Инструменты