Huawei 1
Vashingtonda NATO sammitiga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi

Vashingtonda 9-11-iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan NATO sammitiga qarshi norozilik namoyishi boʻlib oʻtdi. Aksiya “No to NATO” faollar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, namoyishchilar ittifoqni to‘liq bekor qilish va dunyo mamlakatlaridagi AQSh harbiy bazalarini yopishni talab qilishgan.

Namoyishchilar Kapitoliy tepaligi yonida joylashgan Presviterian cherkovida to'planishdi. Cherkov zalida alyansga a'zolikdan voz kechishga chaqiruvchi plakatlar va "NATOga yo'q, tinchlikka ha" degan iboralar osilgan. Tadbirda urushga qarshi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar rahbarlari so‘zga chiqdi.

Yens Stoltenberg avvalroq aytganidek, iyul oyidagi NATO sammitining asosiy mavzusi Ukraina uchun qurol-yarog‘ yetkazib berish va harbiy tayyorgarlikdan iborat bo‘ladi. Alyans bosh kotibining soʻzlariga koʻra, sammitda Ukraina qurolli kuchlariga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish boʻyicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты