Huawei 1
Xitoy hakerlari AQSh moliya vazirining kompyuterini buzib kirishdi

Xitoy tomonidan moliyalashtiriluvchi hakerlar AQSh moliya vaziri Janet Yellenning kompyuterini buzib kirishdi. Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga asoslanib xabar berdi.

Hakerlar vazirning kompyuterida saqlanayotgan 50 dan ortiq faylni qo‘lga kiritishgan. Bundan tashqari, vazirning ikki yordamchisi foydalanuvidagi kompyuterlar ham buzilgan.

Agentlik e’tibor qaratishicha, kiberjinoyatchilarni AQSh moliya vazirligining sanksiyalar, razvedka va xalqaro ishlardagi roli qiziqtirgan ko‘rinadi, ta’kidlanishicha, ular vazirlikning elektron pochtasi yoki maxfiy tizimlariga kira olishmagan.

Vazirlik hakerlar hujumi haqida senatga hisobot berdi. Aytilishicha, hakerlar vazirlikning yuqori lavozimli shaxslari kompyuterlarini, qolaversa, foydalanuvchilarning nomlari va xodimlarning parollarini qo‘lga kiritib, 400 dan ortiq noutbuk va shaxsiy kompyuterlarga kirishgan.

AQSh maxfiy xizmatlari ma’lumot berishicha, Silk Typhoon va UNC5221 hakerlik guruhlari ushbu kiberjinoyatga aloqador.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11718 | Инструменты