Huawei 1
Xitoy Tayvan atrofida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

Xitoy asosiy portlar va hududlarni blokada qilish hamda nazoratga olish bo‘yicha Tayvan atrofida mashg‘ulotlar boshladi. Bu haqda jangovar qo‘mondonlikning Sharqiy zonasi rasmiy vakili Li Si ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy Tayvan bo‘g‘ozida o‘tkaziladigan “Qo‘shma qilich-2024B” mashg‘ulotlariga quruqlikdagi qo‘shinlar, dengiz floti, havo kuchlari, raketa kuchlari va boshqa qo‘shinlarni yuborgan. Mashg‘ulotlar orolning shimoliy, janubiy va sharqiy qismlarida bo‘lib o‘tadi. 

Li Si ta’kidlashicha, mashg‘ulotlar davomida kemalar va samolyotlar Tayvanga turli yo‘nalishlardan yaqinlashadi va “turli xil zarba beruvchi kuchlar ishtirokida qo‘shma hujum bo‘yicha manyovrlar o‘tkazadi”.

“Muhim portlar va hududlarni blokirovka qilish hamda nazoratga olish” dengiz va quruqlikdagi nishonlarga zarba berish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

Mashg‘ulotlar Tayvan mustaqilligiga intilayotgan ayirmachi kuchlarga jiddiy ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi va milliy suverenitetni himoya qilish va davlat birligini saqlash uchun adolatli hamda zarur qadamdir”, dedi Li Si.

Tayvan ma’muriyati Xitoyning o‘quv mashg‘ulotlari “o‘taketgan provokatsiya” ekanini bildirdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101413 | Инструменты