Huawei 1
Yaponiya Ukrainaga minalardan tozalash uchun dronlar yetkazib beradi

Yaponiyaning Nagoya shahridagi sanoat dronlarini ishlab chiqaruvchi Prodrone kompaniyasi hududini minalardan tozalash uchun Ukrainaga dronlar yetkazib berishni rejalashtirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dronlar yer yuzasidan taxminan 50 santimetr balandlikda harakatlana oladi. Prodrone dronlarni ishlab chiqarish uchun 400 ming dollar subsidiya oladi, yetkazib berish 2025-yilda boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Slovakiya Ukraina hududini minalardan tozalashda yordam berishga tayyorligi aytilgan edi. Bu haqda respublika bosh vaziri Robert Fitso ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, Slovakiya Mudofaa vaziri Robert Kaliniak minalardan tozalash bo‘yicha katta reja taqdim etgan, Bratislava buni Ukraina uchun juda muhim deb hisoblaydi.

Oktyabr oyi boshida Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi jamg‘arma tashkil etilishini ma’qullagan edi.

Jamg‘armaga AQSH, Kanada va Yaponiya hissa qo‘shishi kutilayotgani aytilgan.

10-oktyabr kuni bank tegishli qarorni qabul qilgan. Bunga qarshi chiqqan yagona davlat Rossiya bo‘lgan. Yangi jamg‘arma G7 Ukrainaga yil oxiriga qadar 50 milliard dollargacha mablag‘ ajratish va’dasini bajarishga yordam berishi kutilmoqda. Davlatlar jamg‘armaga qancha mablag‘ qo‘shishi hozircha noma’lum.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101813 | Инструменты