Qoʻqonda II Xalqaro hunarmandchilik festivali oʻtkaziladi
“Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (430-son, 08.07.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022-yilda Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Festivalga iqtidorli hunarmandlar va isteʼdodli yoshlarni jalb qilish maqsadida “Men Qoʻqonga boraman” shiori ostida ikki bosqichdan iborat quyidagi koʻrgazma va koʻrik-tanlov tashkil etiladi:
- birinchi bosqich – tumanlar (shaharlar) boʻyicha 2022-yilning aprel oyida;
- ikkinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha 2022-yil iyunda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur festivalning oʻtkazilishi Prezidentning 2019-yil 3-oktyabrdagi PF–5841-son farmoni bilan belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121609 | Инструменты