Huawei 1
“Manchester Siti” Husanovni YeCHL uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi

Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov Chempionlar ligasi qaydnomasidan o‘tkazildi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichidan boshlab “Manchester Siti” qaydnomasiga kiritildi. Husanov qatori “shaharliklar” yangi futbolchilari Vitor Reys va Omar Marmush ham qaydnomadan o‘tkazildi.

“Menchester Siti” YCHLning plet-off bosqichida Madridning “Real” klubi bilan to‘qnash keladi.

Dastlabki o‘tish o‘yinlari 11—12-fevral, javob uchrashuvlari esa 18—19-fevral kunlari o‘tkaziladi. Bu juftliklarda g‘oliblar aniqlangandan keyin 1/8 final uchun yana bir qur’a o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20500 | Инструменты