Huawei 1
O'zbekistonda Malayziya tomoni bilan birgalikda yarimo'tkazgichlar sohasida qo'shma korxona tashkil etadi

O'zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Yarimo'tkazgichlar, mikroelektronika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amaliy tadqiqotlar milliy markazi ("MIMOS Berhad") bosh ijrochi direktori Saat Shukri Embong bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot chog'ida O'zbekiston sharoitida yarimo'tkazgichlarni yig'ish va sinovdan o'tkazish autsorsingi quvvatlarini yaratish, o'quv dasturlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni o'z ichiga olgan O'zbekiston-Malayziya mikroelektronika texnoparkini hamkorlikda barpo etish istiqbollari bo'yicha fikr almashildi.

Saat Shukrining aytishicha, yarimo'tkazgichlar sohasini rivojlantirishda malakali mutaxassislarni tayyorlash eng muhim qadamlardan biridir. U, shuningdek, O'zbekistondagi yosh iqtidor sohiblari salohiyatini yuqori baholadi. Iqtidorli o'zbek yoshlarini "MIMOS Berhad" bazasida mavjud infratuzilmadan foydalangan holda tayyorlash va ikkala mamlakat mutaxassislari ishtirokida yarimo'tkazgichlarni loyihalash hamda ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona tashkil eti masalasi yorqin istiqbolga egaligi ta'kidlandi.

Malayziya tomoni bilan yarimo'tkazgichlar sohasida malakali mutaxassislarini o'qitish va tayyorlash bo'yicha "MIMOS Berhad" va "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'rtasida qo'shma korxona va O'zbekistonda maxsus akademiya tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida markaz rahbari mazkur hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlarini batafsil o'rganish uchun o'z mutaxassislaridan iborat guruhni O'zbekistonga yuborishini bildirdi.

"MIMOS Berhad" 1984-yilda Malayziya mikroelektronika tizimlar instituti nomi ostida tashkil etilgan. Keyinchalik Malayziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshiga o'tkazilgan.

Tashkilot Malayziyaning ijtimoiy-iqtisodiy o'sishiga hissa qo'shadigan innovatsion ishlanmalarni yaratish, yarimo'tkazgichlar sohasida tadqiqotlarni o'tkazish, ilg'or mikroelektronikalarni ishlab chiqarish va hayotga tadbiq etish bilan shug'ullanadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Malayziyaning yetakchi media kompaniyasi Imom Buxoriy haqida badiiy film va serial suratga olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты