Huawei 1
Parkentda xitoyliklar bilan hamkorlikda yirik kon ishga tushirildi

Toshkent viloyatida Xitoy kapitali ishtirokida 722 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Yaqinda ana shunday korxonalar soni yana bittaga oshdi, Parkent tumanida xitoylik investorlar tomonidan yirik loyiha amalga oshirildi.

Qiymati 50 million dollarlik bo‘lgan mazkur loyihaning birinchi bosqichi ishga tushib, yana bir yirik metallurgiya korxonasiga o‘z faoliyatini boshladi. Ta’kidlanishicha, mazkur loyihaning kattaligi va quvvati, zamonaviy texnologiyasi jihatidan Markaziy Osiyoda alohida ajralib turadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, konning aniqlangan zaxirasi boy bo‘lib, undan yiliga 2.4 million tonna ruda qazib olinadi, 1 million tonna konsentrat ishlab chiqariladi. Ikki bosqichi to‘liq hayotga tadbiq qilinishi bilan hududda o‘nlab servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, kichik biznes subyektlari tashkil topadi.

Ahamiyatlisi, konga sohadagi eng zamonaviy texnologiyalar o‘rnatilmoqda. Bu esa xomashyoni to‘liq, qayta ishlanishiga zamin yaratilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilda viloyatda xioylik investorlar bilan umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod 70 ga yaqin loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Bu hududiy sanoatni rivojlantirishga, eksport salohiyatini yanada oshirishga, xalqning turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты