Huawei 1
Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda oldindan rozilik olmagan tashkilotlarga nisbatan tegishli taʼsir choralari ko‘rildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024 yilning III-choragi davomida iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirish bo‘yicha davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olinganligi masalalari yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida, 7 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etgan

- Andijon davlat tibbiyot instituti

- Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

- Namangan muhandislik-texnologiyalari instituti

- Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman hokimligi

- Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimligi

- Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman sport maktablariga nisbatan

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari yuzasidan yuqoridagi subyektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berildi.

Jumladan, 4 ta davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan qarorni bozorda raqobat muhitiga taʼsir ko‘rsatmaganligi sababli o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, kelgusida qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatma berildi hamda rozilik olinmasdan tashkil etilgan 3 ta davlat ishtirokidagi korxonani qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Maʼlumot o‘rnida, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi, PF-6019-son Farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 346-son qarori bilan tasdiqlangan (Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risida) Nizomga asosan davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish) chog‘ida monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinishi lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты