Huawei 1
Respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1 093,7 ming saqlov birligidagi 77,2 mln kadr raqamlashtirildi

AOKAda “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2024 yil 9 oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi. 2024 yil boshidan 93,5 ming saqlov birligidagi qariyb 10,4 mln kadr raqamlashtirildi.

Hisobot davrida O‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga jami 2 mln 158 ming maʼlumotlar kiritildi, shundan 49 308 ta fond, 54 527 ta ro‘yxat, 1,03 mln. saqlov birligi va 1,02 mln. hujjat bazasi yaratildi.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq 9 oyda davlat arxivlari tomonidan axborot tizimiga 996 154 maʼlumotlar kiritildi, shundan 882 ta fond, 3 818 ta ro‘yxat, 328 678 ta saqlov birligi va 662 836 ta hujjat bazasi yaratildi.

Agentlikka 2024 yil 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1356 ta murojaatlar kelib tushdi. 2024 yil 9 oyi davomida Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so‘rovlar jami 384 120 ta kelib tushgan bo‘lib, ijrosi taʼminlandi.

2024 yil 1 yarim yillik davomida 272 ta tashkilotda nazorat tekshiruvlari o‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qo‘llanilgan chora sifatida 249 ta taqdimnoma kiritilgan, 51 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta materiallar yuborilgan.

Shuningdek, korxona va tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 554 ta yalpi o‘rganish, 306 ta mavzuli o‘rganish ishlari olib borildi.

2024 yil 9 oyida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 371 nafar tinglovchi malaka oshirdi.

Davlat arxivlari o‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bo‘yicha 1 168 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 47 nafar chet el fuqarosi tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 28 570 saqlov birligidagi hujjat tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты