“Bavariya” “Barselona”ning yosh futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi — Romano

Germaniyaning “Bavariya” klubi bu yozgi transferlar oynasidagi navbatdagi xaridini amalga oshirdi.

Italiyalik taniqli jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Myunxen klubi "Barselona" sobiq futbolchisi, Ispaniya U-16 terma jamoasi a'zosi Adam Aznu bilan professional shartnoma imzolagan. 16 yoshli ushbu futbolchining pozitsiyasi chap qanot himoyasida bo'lib, uning mavsumoldi o'yinlari va mashg'ulotlarida o'zini ko'rsata olishiga qarab Nagelsmann uni yo asosiy jamoaga, yoki o'rinbosarlar tarkibiga jalb qiladi. Hozircha, transferning moliyaviy tafsilotlari haqida ma'lumot berilmagan.

Eslatib o'tamiz, bungacha Myunxen klubi "Renn"dan Matias Tel, "Yuventus"dan Matteys de Lixt, "Liverpul"dan Sadio Mane, "Ayaks"dan Rayan Gravenberx hamda Nussair Mazraui singari futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgan edi. Hozircha, nemis klubi yozgi transferlar oynasida Yevropada eng ko'p pul sarflagan jamoa bo'lib turibdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10400 | Инструменты