Zilzila qurboni bo‘lgan Turkiyaning 2 ta shahri mahalliy klublari Turkiya Superligasidagi ishtirokini to‘xtatdi
Turkiyaning “Hatayspor” klubi Turkiya Superligasi joriy mavsumidagi ishtirokini davom ettirmaydigan boʻldi.
Hataydagi kuchli zilzila sababli jamoaning bir qator futbolchilari va xodimlari vayronalar ostida qolgan. Jamoa oʻyinchilaridan Burak Oksyuz, Bertug Yildirim, Karim Aliji va murabbiylar shtabidagi Akram Ekshiogʻlu hamda Usmon Otash qutqarib olingan. Ganalik xavbek Kristian Atsu va sport direktori Taner Savut esa hamon xarobalar ostida qolmoqda.
Turkiya futbol federatsiyasi prezidenti Mexmet Buyukekshi bu borada bayonot bilan chiqdi.
“Hatayspor” bugun federatsiyaga xat yoʻlladi. Unda klub mavsumdagi oʻyinlarini davom ettirmasligini maʼlum qilgan. “Gaziantep” klubi ham turnirni tark etmoqchi. Agar bu roʻy bersa, musobaqani 17 jamoa ishtirokida davom ettirishga toʻgʻri keladi”, — deydi Turkiya futbol federatsiyasi rahbari.
Maʼlumot uchun, “Hatayspor” 23 ochko bilan Turkiya Superligasida 14-oʻrinda, “Gaziantep” esa 25 ochko bilan 10-oʻrinni egallab turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112707 | Инструменты