Mutasaddilarga 7-sonli shahar shifoxonasi qurilishini jadallashtirishga ko‘rsatma berildi

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada ijtimoiy sohada xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish orqali ham ish o‘rinlarini yaratish mumkinligi taʼkidlandi.

Masalan, tumandagi 7-sonli shahar shifoxonasi uchun 200 o‘rinli yangi bino qurish cho‘zilib kelayapti. Yangi bino ishga tushsa, undan bo‘shaydigan 4,7 gektarda xususiy sheriklik asosida koreyalik investorlar 160 million dollarlik 420 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika qurish tashabbusini bergan.

Mutasaddilarga 7-sonli shahar shifoxonasi qurilishini jadallashtirishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, tumandagi 44 ta maktabni o‘tgan yili 4 ming 400 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, 1 mingtasi IELTSdan yuqori ball olgan. Ulardan 3,5 mingtasi yoki 78 foizi oliygohlarga kirgan.

Bunday natijaning sabablaridan biri – maktablarni 2-3 tadan sinf xonasi shartnoma asosida xususiy o‘quv markazlariga darsdan keyin foydalanish uchun berilgan.

Bu tajribani kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты