Huawei 1
Toshkentning ikki tumanida avtomatik havo monitoringi stansiyalari o‘rnatildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod va Olmazor tumanlarida 2 ta avtomatik havo monitoringi stansiyasi o‘rnatildi va ishga tushirildi.

Bu "Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish" loyihasi doirasida amalga oshirildi. O‘rnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda o‘lchash bo‘yicha patentlangan texnologiyalarga ega.

Ta'kidlash joizki, avtomatik stansiyalarni o‘rnatish joyini tanlash turli omillarga bog‘liq. Ular orasida aholi zich joylashgan hududlar, asosiy yo‘llar va transport magistrallari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar muhim o‘rin tutadi. Bu o‘z navbatida aholi turmush sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun aniq ma'lumotlar to‘plash va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. 

Stansiyalar sonining ko‘payishi, albatta, bu borada malakali kadrlarni talab qiladi. Shuning uchun ham Gidrometeorologiya agentligi xodimlari stansiyalardan kelayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, uskunalar va dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha muntazam ravishda o‘qitilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31222 | Инструменты