Huawei 1
Ko‘kdalada tol daraxtlari noqonuniy kesilgani aniqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va Qashqadaryo viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish natijasida fuqaro O.N. tomonidan Ko‘kdala tumani "Sho‘rquduq" MFY hududidagi yer maydonida 103 tup ko‘k tol daraxti noqonuniy tarzda butunlay kesilganligi aniqlandi. 

Natijada tabiatga 763 million 125 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Huquqbuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga yuborildi. Tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31223 | Инструменты