Huawei 1
Farg‘onadagi klubda janjal ko‘targan Vallomov qamoqqa olindi

21 fevral kuni Farg‘ona shahar Oftob ko‘chasida joylashgan “Verona” nomli kompyuter o‘yinlar klubida sodir bo‘lgan janjal haqida xabar berilgandi. Mazkur janjalda qatnashganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1998 yilda tug‘ilgan, Farg‘ona shahar Ma’rifat ko‘chasida yashovchi Otabek Baxtiyorjon o‘g‘li Vallomov 21 fevral kuni tanishlari: M.G‘., M.Q., N.M., M.O. va H.M. bilan bir guruh bo‘lib, mazkur o‘yingohda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida baqir-chaqir qilib, jamoa tartibini va mijozlarning tinchligini buzib, shovqin solgan.

Klub ish yurituvchisi X. ularni tartibga chaqirgan paytda janjal chiqarib, uning tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Bundan tashqari, Otabek Vallomov o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, janjalning oldini olishga uringan M. va S.ga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni ham urib, tan jarohati yetkazgan

“Mazkur holat yuzasidan Vallomov Otabek Baxtiyorjon o‘g‘li hamda uning besh nafar sheriklariga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi(Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi b, ye, k bandlari hamda 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi g bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Hurmatli fuqarolar! Agarda siz ham Vallomov Otabek Baxtiyorjon o‘g‘li hamda uning sheriklaridan jabrlangan bo‘lsangiz, 90 270-71-11, 95 023-63-73, 244-02-69, 244-36-22 hamda 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingiz so‘raladi. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, deyiladi xabardi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31223 | Инструменты