Huawei 1
Toshkent viloyatida IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent viloyati IIBB YHXB binosida O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan polkovnik Aziz Sadirov masʼullar hamda xodimlarga tanishtirildi.

Poytaxt Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi yo‘llar Toshkent viloyati hududidan o‘tishi, mazkur yo‘llarda transport vositalarining serqatnovligini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlarni yana-da jadallashtirish lozimligi taʼkidlanib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat avtomobil yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tanqidiy tarzda so‘z yuritildi.

Kelgusida yo‘llarda inson salomatligini asrash borasida ko‘rilishi zarur bo‘lgan choralar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты