Huawei 1
Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlarida jamoat transporti uchun eng arzon yo‘l haqi Toshkentda, eng qimmati esa Ostonada

Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlarida jamoat transporti uchun eng arzon yo‘l haqi Toshkentda, eng qimmati esa Ostonada. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bishkekda naqd to‘lovda jamoat transporti uchun tarifni 20 somdan ($0,23) 40 somgacha ($0,47) oshirish rejalashtirilmoqda. Naqd pulsiz to‘lovda esa tarif o‘zgarishsiz qoladi – 17 som ($0,20). So‘nggi marta tarif 2024 yil yanvar oxirida oshirilgan bo‘lib, naqd to‘lov 15 somdan ($0,18) 20 somgacha ($0,23), naqd pulsiz to‘lov esa 11 somdan ($0,13) 17 somgacha ($0,20) ko‘tarilgan. Qirg‘izistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2024 yil ikkinchi choragida o‘rtacha 8 144 somni ($95,25) tashkil etgan.

Toshkentda 2023 yil 1 noyabrdan boshlab jamoat transportida yo‘l haqi naqd to‘lovda 2000 so‘mni ($0,16), naqd pulsiz to‘lovda esa 1700 so‘mni ($0,13) tashkil etadi. Avval naqd va naqd pulsiz to‘lovlar 1400 so‘m ($0,11) bo‘lgan. Undan oldin yo‘l haqi 2019 yilda oshirilgan — 1200 so‘mdan ($0,094) 1400 so‘mgacha ($0,11). O‘zbekistonliklar uchun 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘mni ($90,3) tashkil etadi.

Ostonada 2024 yil 1 avgustdan boshlab jamoat transportida yo‘l haqi naqd to‘lovda 220 tengeni ($0,45), naqd pulsiz to‘lovda esa 110 tengeni ($0,23) tashkil etadi. Oldin naqd to‘lov 180 tenge ($0,37), elektron to‘lov esa 90 tenge ($0,19) bo‘lgan. Ostonada yo‘l haqi oxirgi marta 2014 yilda o‘zgargan. 2024 yil iyul oyida Qozog‘istonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 51 730 tenge ($106,78) bo‘lgan.

Dushanbeda 2021 yil noyabridan boshlab avtobusda yo‘l haqi karta orqali to‘lovda 1,8 somoniy ($0,17), naqd to‘lovda esa 2,5 somoniy ($0,23)ni tashkil etadi. Trolleybusda esa karta bilan 1,5 somoniy ($0,14), naqd to‘lovda esa 2 somoniy ($0,19). Dushanbeda jamoat transportida yo‘l haqi 2021 yildan oldin 2011 yilda oshirilgan. O‘shanda shahar avtobusida yo‘l haqi 1,2 somoniy ($0,11), trolleybuslarda 1 somoniy ($0,094), marshrutlarda esa 1,6 somoniy ($0,15) bo‘lgan.

Internet ma’lumotlariga ko‘ra, Ashxobodda jamoat transporti narxi 50 manatni tashkil qiladi. Ammo uning qay tartibda va qancha muddat uchun to‘lanishi haqida aniq ma’lumot mavjud emas. Shuningdek, Turkmanistonda rasmiy dollar kursi qora bozor kursidan ancha farq qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты