Huawei 1
Namanganda suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kosonsoy tumanida joylashgan “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulaganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasi manfaatiga 1 mlrd 265 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты