Huawei 1
Kamerun hukumati 91 yoshli prezidentning sog‘lig‘ini muhokama qilishni taqiqladi

Kamerun hukumati mamlakatni 1982-yildan beri boshqarib kelayotgan 91 yoshli prezident Pol Biyaning sog‘lig‘i yomonlashishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi haftalarda mahalliy ommaviy axborot vositalari siyosatchining jamoat joylarida uzoq vaqt yo‘qligini muhokama qila boshlagan. Biya sentyabr oyi boshida Pekinga qilgan safaridan beri omma oldida ko‘rinmagani va o‘tgan hafta Fransiyaga rejalashtirilgan sayohatini amalga oshirmagani xabar qilingan.

Kamerun hukumatining ma’lum qilishicha, prezident hozirda shaxsiy tashrif bilan Jenevada va o‘zini yaxshi his qilmoqda. Shuningdek, mamlakat ichki ishlar vaziri Pol Atanga Ndji prezidentning sog‘lig‘ini muhokama qilishni milliy xavfsizlik masalasi deb atagan va “OAVda prezidentning ahvoli haqida har qanday munozaralar olib borish qat’iyan man etilganini” aytgan.

Gubernatorlarga nashrlarni nazorat qiluvchi bo‘limlar tuzish topshirilgan va “qoidabuzarlar”ga javob choralari bilan tahdid qilingan.

2022-yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafotidan keyin Biya dunyodagi eng keksa davlat rahbariga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты