Huawei 1
15-may – Xalqaro oila kuni: Muqaddas dargohingizni asrang, himoya qiling!

Xalqaro oilalar kuni har yili 15-may kuni nishonlanadi . Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda A/RES/47/237 rezolyutsiyasi bilan eʼlon qilingan va xalqaro hamjamiyatning oilalarga berayotgan ahamiyatini aks ettiradi. 

Xalqaro kun oilalar bilan bogʻliq muammolardan xabardorlikni oshirish va oilalarga taʼsir qiluvchi ijtimoiy, iqtisodiy va demografik jarayonlar haqidagi bilimlarni oshirish imkonini beradi.

Har yili 15-mayda oilalardagi muammolarni odamlar, jamiyatlar va hukumatlar hal qilishi uchun qanday choralar ko‘rilishi kerakligiga oid xabarlar e’lon qilinadi. Shuningdek, bu kun mustahkam oilaviy birlik jamiyat va millatlarni mustahkamlashga qanday yordam berishini namoyish qilish kuni ham hisoblanadi.

Zero, O'zbekistonda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12423 | Инструменты