Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Toshkentning Mirzo Ulug’bek tumanida ko’p qavatli uyda yong'in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan poytaxt FVB rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 yanvar kuni soat 17:44 da Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” MFY Parkent ko‘chasida joylashgan 7 qavatli uyning yerto‘la qismi, yordamchi xonasi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 17:54 da yetib borib, yong‘in soat 18:06 da qurshab olingan va soat 18:16 o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12504 | Инструменты