Bangkokda kuchli havo ifloslanishi tufayli shahar hokimiyati buyrug‘iga binoan 31 tumandagi 352 ta maktab yopildi, deb yozmoqda Daily News.
Qayd etilishicha, bundan bir kun oldin ham shahar bo‘ylab 250 dan ortiq maktablar faoliyati to‘xtatilgan edi. Bangkokdagi jami maktablar soni 437 tani tashkil etadi.
Shahar 50 tumanining 48 tasida sog‘lik uchun xavfli darajadagi qizil ogohlantirish eʼlon qilindi. Aholiga shaxsiy transportdan foydalanmaslik va imkon qadar masofadan ishlash tavsiya qilinmoqda.
Havo ifloslanishi Taylandda mavsumiy hodisa bo‘lib, sovuq va turg‘un qishki havo o‘rim-yig‘im qoldiqlarini yoqishdan chiqqan tutun va avtomobil gazlari bilan aralashganda yuzaga keladi deyiladi
Shveytsariyaning IQAir tadqiqot kompaniyasining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, Bangkok dunyoda havo ifloslanishi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi.
Avvalroq, Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘layotgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatda qariyb 1,4 milliard kishi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan iflos havodan nafas olayotgani aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12503 | Инструменты