Huawei 1
1735 yilda tuzilgan Kaspiy dengizi va "O'zbek" mamlakati xaritasi namoyish etildi

1735 yilda tuzilgan Kaspiy dengizi va "O'zbek" mamlakati xaritasi (Nova Maris Kaspiiet Regionis "Usbeck") namoyish etildi.

Xarita Pyotr I saroyida xizmat qilgan golland kartografi Abraham Maas tomonidan tuzilgan va 1735 yilda Nyurnbergda nashr etilgan: Xaritada Markaziy Osiyoning butun hududi pushti rangga bo'yalgan va USBEK deb belgilangan (https://t.me/uzbbenelux/11086).

Hozirda 200 dan ortiq bunday xarita va globuslarning nusxalari to'plangan bo'lib, ularda Markaziy Osiyoning butun hududi Usbek (Usbec, Usbeck, Vsbek), Usbekia (Usbechia, Uzbekiae) va uning ba'zi qismlari - Usbek Buxariya, Usbek Bochara; Usbek Chovaresmi, Usbek Movaralnahra, Usbek Turkiston, Usbek Turan, Usbek Tartaria, Usbek Zagatay kabi nomlar bilan belgilangan.

Bu nomlarning barchasi toponim sifatida, ya'ni siyosiy birlik - davlat yoki mamlakat nomi sifatida berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12502 | Инструменты