Huawei 1
Samolyot halokatga uchragan paytda Vashington aeroportida havo harakatini nazorat qiluvchilar yetarli emas edi - The New York Times

AQSh Federal fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) dastlabki hisobotida Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi aeroportda aviadispetcherlar yetishmovchiligi bo‘lgani aniqlangan. The New York Times (NYT) nashrining xabariga ko‘ra, aynan shu muammo 29-yanvar kuni yo‘lovchi samolyoti va harbiy vertolyotning to‘qnashuviga sabab bo‘lishi mumkin.

Dispetcherlar yuklama ostida ishlagan

FAA ma’lumotlariga ko‘ra, dispetcherlar soni ushbu vaqtdagi havo harakati uchun odatdagidan kam bo‘lgan. Ayniqsa, vertolyotlar harakatini boshqaruvchi dispetcher bir vaqtning o‘zida samolyotlarning qo‘nishi va uchishini ham nazorat qilgan. Odatda bunday yuklama ikki nafar dispetcher orasida taqsimlanishi lozim, deb yozadi NYT.

Manbaga ko‘ra, aeroportda kadrlar yetishmovchiligi yillar davomida muammo bo‘lib kelgan. Masalan, 2023-yil sentabr holatiga ko‘ra, dispetcherlik xizmatida atigi 19 kishi ishlagan, garchi FAA ma’lumotlariga ko‘ra, optimal ko‘rsatkich 30 kishi bo‘lishi kerak edi. Kadrlar tanqisligi, shuningdek, yuqori ish o‘rin almashinuvi va byudjet cheklovlari tufayli ko‘plab dispetcherlar haftasiga olti kun, kuniga o‘n soatdan ishlashga majbur bo‘lgan.

Fojiali aviahalokat tafsilotlari

29-yanvar kuni American Airlines aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti Kanzas shtatidagi Uichita shahridan uchib chiqib, Vashingtonga qo‘nayotganda harbiy Sikorsky H-60 vertolyoti bilan havoda to‘qnashdi. Har ikkala havo kemasi Potomak daryosiga qulab tushdi.

Halokat natijasida bortda bo‘lgan barcha 67 kishi halok bo‘ldi. 31-yanvar kuni ABC nashri samolyotning “qora qutilari” topilganini va ular ma’lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus markazga jo‘natilganini xabar qildi.


Maqola muallifi: D. Jummayeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13113 | Инструменты