Joriy yilning 26-noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 ko’chasi Qozog'iston gilamlari do'koni qarshisidagi qayrilib olish joyida haydovchi 1982-yilda tug’ilgan, Q. A. boshqaruvidagi 01 960 BKA yuk transport vositasi va 1987-yilda tug’ilgan, I.Q boshqaruvidagi Isuzu rusumli transport vositalari to’qnashishi oqibatida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
YTH natijasida Isuzu yuk transport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты