29-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘lladi

Davlat rahbari barchani muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, o‘zining yuksak hurmati va ezgu tilaklarini izhor etdi.

Myanma va Tailandda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmadi

Bangkokdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Tailandning tegishli idoralari bilan aloqada va vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart To‘qayev sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga bordi

Qozog‘iston Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan "Alem.ai" sun’iy intellekt markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori ochiqlandi

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 64,1 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 55,7 foiz) tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 33,9 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 29,5 foiz) hamda korporativ tashqi qarz hajmi 30,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 11 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, ularning 4 nafari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan o‘z oilalariga, 7 nafari esa vasiylik va homiylik tayinlangan holda yaqin qarindoshlariga topshiriladi.

O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot beriladi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda huquq-tartibot organlariga topshirgan fuqarolar mukofotlanadi.

Xonanda Dilfuza Ismoilova 80 ming dollarga chuv tushdi

Firibgarlikda ayblanayotgan shaxs avvaliga xonandaning “gap”iga qo‘shilgan. Keyin, uning ishonchiga kirib, pullarni olib, aldab ketgan.

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksining mo‘tadil ortishi kuzatilmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2025 yil fevral oyida 1103 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 10,3 foizga hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1 foizga sezilarli oshgan.

Avtomobil oynasini meʼyordan oshirib qoraytirganlik uchun jarima miqdori kamaytiriladi

Endilikda ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarni buzgan holda oynalarni qoraytirgan haydovchilarga 375 ming so‘m miqdorida jarima belgilanishi mumkin.

Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Isroil davlatida joylashgan elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21722 | Инструменты