Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori rekonstruksiya qilinadi
Rekonstruksiya davrida tadbirkorlar o‘z faoliyatini “Fud Siti”, “Toshkent indeks” va boshqa savdo majmualarida tashkil etilgan sharoitlarda davom ettirishi taklif qilinadi.
Toshkent shahar hokimligi huzurida ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash shirkati tashkil etildi
Kompaniya ko‘p kvartirali uy-joy fondi obyektlarini ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi hamda energiya samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, ko‘p kvartirali uylarda liftlarni almashtiradi, ta’mirlaydi, modernizatsiya qiladi.
20-yanvardan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi yana oshiriladi
20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari hamda “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshadi.
2023-yilning qaysi oyida respublika bo'yicha eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma'lum bo'ldi
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda 887 424 nafar tirik tug‘ilish qayd etilgan.
1-yanvardan boshlab bir qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi
Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha murojaatlarni tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari qabul qiladi.
Toshkent ko‘chalariga haydovchilar uchun maʼlumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi
Poytaxtning Yakkasaroy tumanida dekabr oyi boshida olib borilgan obodonlashtirish ishlari paytida shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti taklifi bilan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasiga o‘zgaruvchan maʼlumot tablosi o‘rnatdi. Ular odatda fuqarolarni yo‘l harakatidagi vaziyat, tezlik chegaralari va boshqalar haqida xabardor qilish uchun yo‘lning yuqori qismiga joylashtiriladi.
O'zbekistonda baxshichilik sanʼati bo‘yicha ilmiy ish qilayotganlar xorijga o‘qishga yuboriladi
Qayd etilishicha, xorijiy oliy taʼlim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladigan nomzodlar pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, magistrlik darajasiga ega bo‘lgan iqtidorli va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida ochiq tanlov asosida saralab olinadi.
Namanganda 17 yoshli qiz “er kerak” deb yozilgan plakat ko'tarib chiqdi
Holat yuzasidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi izoh berdi. Qayd etilishicha, video Yangi Namangan tumanidagi go‘zallik saloni xodimlari tomonidan salon mijozlari va kanalidagi obunachilarining sonini ko‘paytirish maqsadida olingan.
Qizrg'izistondan O‘zbekistonga 2 kilogramga yaqin “gashish” moddasini olib o'tgan shaxs qamaldi
Sud hukmiga ko‘ra, fuqaroga 10 yil 6 oyga muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Binance kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda litsenziyasiz ishlagani uchun jarimaga tortildi
Shuningdek, Binance platformasida operatsiyalar anonim kripto-aktivlar, shuningdek, jinoiy yoʻl orqali olingan kripto-aktivlar va mablagʻlar (oʻgʻirlik, firibgarlik va boshqalar) bilan amalga oshirilgani aniqlandi.
Toshkentda chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari o‘zgardi
Unga ko'ra, aholi uchun bir kishi bir oyda 7500 so‘m to'laydi.
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sobiq sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
Sudyaning tezkor tadbir davomida ushlanganiga oid maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytildi.
Respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turi 1500 taga yetkaziladi
Shuningdek, viloyat tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqoritexnologik amaliyotlar ulushi 40 foizga oshiriladi.
Soliq va Bojxona qo‘mitalari har chorakda Qonunchilik palatasida hisobot berishadi
Qarorga ko'ra, har chorak yakunida Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat budjeti daromadlari prognozi bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi 10 ming dollar olayotganda qo‘lga tushdi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda, Samarqand shahrida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, unga go‘yoki AQSH elchixonasidagi tanishlari orqali viza rasmiylashtirib, Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 14 ming AQSH dollari talab qilgan.
Besh nafar para taekvondochimiz Parijga boradi
Para taekvondo bo‘yicha terma jamoamizning 5 nafar a’zosi yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, ayni paytga qadar o‘zbekistonlik para atletlarning Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 33 taga yetdi.
2024-yilda davlat budjetidan ta'lim krediti uchun 2,2 trillion so‘m mablag’ ajratiladi
Ushbu dastur bilan qamrab olinadigan talabalar soni qariyb 500 mingga yetishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50720 | Инструменты