Huawei 1
AQShdan deportatsiya qilingan yana 10 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilmoqda

Avvalroq, AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu fuqarolar Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan edi. Lekin muzokaralar natijasida ular O‘zbekistonga olib kelingan.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Axror Burxanovning ma'lum qilishicha, yana 10 nafar O'zbekiston fuqarosi ushbu haftada Toshkentga yetib keladi. 

"Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin vatanga qaytish niyatida bo‘lgan yana 10 nafar fuqaromiz mazkur hafta davomida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keladi", - deya yozgan u o'z rasmiy sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30319 | Инструменты